Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali Image not found or type unknown Kaipbergenov Batirbek Tulepbergenovich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali direktori Manzil: 230100, Nukus shahri, A.Dosnazarov ko'chasi 74-uy Telefon: E-mail: 0(361) 222-49-10 [email protected] Qabul kunlari: Dushanba, Chorshanba, Juma 10:00- 12:00, 15:00-17:00 Image not found or type unknown Seytkamalov Xayratdin Maulenovich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali O'quv va ilmiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Manzil: 230100, Nukus shahri, A.Dosnazarov ko'chasi 74-uy Telefon: E-mail: 0(361) 222-46-1 2 sxayrat @ inbox . uz Qabul kunlari: Seshanba 10:00-12:00, 15:00-17:00 Image not found or type unknown Oteniyazov Rashid Idrisovich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali Ma'naviy va ma'rifiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Manzil: 230100, Nukus shahri, A.Dosnazarov ko'chasi 74-uy Telefon: E-mail: 0(361) 222-49-11 oteniyazov . rashid @ mail . ru Qabul kunlari: Payshanba 10:00-12:00, 15:00-17:00 Image not found or type unknown Kalimbetov Nietbay Iskenderovich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali Moliya va iqtisod ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Manzil: 230100, Nukus shahri, A.Dosnazarov ko'chasi 74-uy Telefon: E-mail: 0(361) 222- 14 -1 9 [email protected] Qabul kunlari: Shanba 10:00-12:00, 15:00-17:00 MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI UNIVERSITETI NUKUS FILIALI NIZOMI I. Umumiy qoidalar 1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1955 yilda tashkil etilgan bo'lib, respublikada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida tayanch oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi. 2. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali quyidagi asosiy normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq faoliyatini amalga oshiradi: - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida”gi PF-3080-son Farmoni; - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida” gi PQ-91-son qarori; - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-1942-son qarori; - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-4732-son Farmoni; - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi “Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi PF-4958-son Farmoni; - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 martdagi “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2834-son qarori; - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida”gi 200-son qarori; - O'zbekiston Rsepublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 7 noyabrdagi “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini tashkil etish chora- tadbirlari to'g'risida”gi 385-son qarori; - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi “Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy- pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 365-son qarori; - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 28 iyundagi “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari faoliyati tuzilmasini tashkil etish to'g'risida”gi 188-son qarori; - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27martdagi “Davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bo'yicha malakasini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 73-son qarori. 3. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialining o'zbek, rus va ingliz tillaridagi rasmiy to'liq nomlari quyidagicha: O'zbek tili, kiril alifbosida – “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali”; O'zbek tili, lotin alifbosida – “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali”; Rus tilida – “Nukusskiy filial Tashkentskogo universiteta informatsionыx texnologiy imeni Muhammada al-Xorazmiy”; Ingliz tilida – “Tashkent University of Information Technologies Nukus branch named after Mukhammad al-Khorazmy”. 4. “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialining qisqartirilgan nomi: - O'zbek tilida (lotin alifbosida) – TATU Nukus filiali (TATU Nukus filiali); - Rus tilida – Nukusskiy filial TUIT; - Ingliz tilida –TUIT Nukus branch. Mazkur Nizomda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali keyingi o'rinlarda – Filial deb yuritiladi.
Please Wait Your download Will Start in Seconds
Your DownLoad Will start automatically